1

Qozog`istonda fuqarolar prezident Qosim-Jomart Toqaevniing inaugurasiyasiga qarshi norozilik namoyishi o`tkazishdi (video)

Jamiyat 27.11.2022, 19:30
Qozog`istonda fuqarolar prezident Qosim-Jomart Toqaevniing inaugurasiyasiga qarshi norozilik namoyishi o`tkazishdi (video)

Avval xabar berganimizdek,Toqaev ikkinchi muddatga Qozog`iston prezidenti lavozimiga kirishdi.

Biroq bir necha kishi Ostonada prezident Toqaev inaugurasiyasi kuni hibsga olindi.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlar kechadan beri Qozog`istonda fuqarolar prezident Qosim-Jomart Toqaevniing inaugurasiyasiga qarshi namoyish uyushtirishgani va bilan bog`liq videoni tarqatmoqda.

Qozog`iston onlay nashri esa Ostonadagi norozilik namoyishi tashkilotchisi sifatida TDFA jamg`armasi asoschisi Marat Abievni ayblamoqda

Ma`lumot uchun, TDFA — qishloq xo`jaligini rivojlantirishga bag`ishlangan jamg`arma.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ham "tadbirkor" tomonidan uyushtirilgan "provokasiya" haqida xabar berdi.

Uning qayd etishicha,  Ostona shahrida 26 noyabr, shanba kuni bo`lib o`tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida g`alaba qozongan amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Tokaevning inaugurasiyasi kuni bir necha shaxs hibsga olindi. 

Qozog`istonning Vlast internet-nashri tushdan keyin "Mega" savdo markazida yig`ilib, keyin Ostona markazi tomon yo`l olgan bir guruh odamlar Marat Abievning TDFA loyihasi tarafdorlari bo`lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Orda nashri esa Marat Abievni Qozog`iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboevning kuyovi Timur Kuliboev va sobiq davlat rahbarining boshqa qarindoshlari bilan aloqalari bo`lishi mumkinligini yozgan.

BASE onlayn nashri ham Ostonadagi chiqishlarni Marat Abiev bilan bog`laydi. Nashrning YouTube kanalida chop etilgan xabarda Abievning "tinch miting o`tkazishga" chaqirayotgan tarafdorlari oldidagi nutqidan parchalar ko`rsatilgan.

BASE Telegram-kanalining ta`kidlashicha, jarayonlarning bariToqaevning inaugurasiyasiga qarshi norozilik edi.

Ostonada o`tgan norozilik namoyishi chog`ida internet aloqasi uzildi.

O`z navbatida, Qozog`istonning 24.kg internet-nashri aksiyaga "yuzlab" odamlar kelganini va tadbir davomida internet bilan bog`liq muammolar bir soatcha davom etganini ta`kidlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1