AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Si Szinpinga ta`ziya bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Si Szinpinga ta`ziya bildirdi'ning rasmi

Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga ta`ziya yo`lladi.

"Mamlakatlarimiz o`rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo`shgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi", deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.

Prezidentimiz Si Szinpinga hamda marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

 

    Boshqa yangiliklar