Internet nashrlardan birida O`zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillarining Rossiyada sotilish holatlari ko`paygani haqidagi maqola e`lon qilindi. Shundan so`ng mazkur maqola ortidan ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar paydo bo`ldi. Mazkur xabarlarga "UzAuto Motors" AJ rasmiy munosabat e`lon qildi.
"Maqolada keltirilishicha, Chevrolet avtomobillari deyarli yarim yillik tanaffusdan so`ng, yana avtosalonlarda paydo bo`la boshlagan. Shuningdek, maqolada Rossiyaga avtomobillar xususiy sotish uchun olib kirilganligini aniq qayd etilgan. Maqolada barcha faktlar Rossiya OAViga tayanib taqdim etilgan. Maqola muallifi "UzAuto Motors" Rossiyaga mart oyidan boshlab avtomobil jo`natishni to`xtatganligini, kompaniyaning rasmiy distrubyutori “Keles Rus” esa o`z faoliyatini to`xtatganini ham aniq ta`kidlagan.
Spot.uz tomonidan faktlar bilan tasdiqlangan ma`lumotlarning aniq taqdim etilishi bilan aftidan o`quvchilar orasida ushbu materialni oyog`ini osmondan qilib o`rganib chiqqan "chala bloger" ham topildi. Aniq faktlarga ko`ra, shaxslar "UzAuto Motors"ga o`zbek xaridorlarini kamsitish va Rossiyaga avtomobilni yashirin eksport qilish ayblovini “so`rib olishga” muvaffaq bo`lishdi.
Ushbu shaxslarning tor fikrliligi ularga Rossiya avtomobil bozorini o`rganish imkonini bermadi. So`nggi voqealarni hisobga olgan holda, ko`plab rus tadbirkorlari allaqachon foydalanadigan transport vositalarining tasdiqlangan turini (TVTT) olmasdan turib, jismoniy shaxslar tomonidan "parallel import" ga ruxsat berildi.
"UzAuto Motors" mavzusida "hayp" qilish istagi aql bovar qilmas darajada oshib ketdi. Populistik postda hatto mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqarilgan avtomobillarni go`yoki Rossiya uchun ishlab chiqarilgan deb yozishdi, garchi joriy yilning avgust oyida kompaniya mexanik uzatmali avtomobillar sotuvi boshlanganini e`lon qilgandi. Bundan tashqari, kompaniya bir kishi tomonidan ko`p miqdorda avtomobillarni sotib olish faktlari haqida bir necha bor xabar bergan.
Shuningdek, “UzAuto Motors" kompaniyasi, Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaradigan barcha korxonalar o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va “General Motors” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olib borishini alohida ta`kidlaymiz.
"UzAuto Motors" Spot.uz saytiga materiallarni tayyorlashdagi professional yondashuvi uchun minnatdorchilik bildiradi va o`z mashhurligini oshirish maqsadida "UzAuto Motors" kompaniyasiga tegishli har qanday ma`lumotlarni ataylab buzib ko`rsatayotganlarni keskin qoralaydi. Bu esa o`quvchilarni chalg`itadi", - deyiladi kompaniya xabarida.






