1

Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

Salomatlik 04.12.2022, 14:37
Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi? Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning bu boradagi maslahatlarini e`lon qildi. 

Mutaxassislarimizning ta`kidlashicha, hozirgi kunda koronavirus tashxisi bilan ro`yxatga olinayotgan bemorlarda kasallik avvalgi shtamlarga nisbatan birmuncha engil o`tmoqda.  

— Bunday yurtdoshlarimizdan bir qismi uy sharoitida davo muolajalarini olishlari mumkin, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov. —  Faqat ambulator tarzda davolanuvchi aholi qatlami hududiy oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor hamda LOR mutaxassis nazoratida bo`lishlari shart.

Odatda bunday bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:  

  •  ko`proq suyuqlik ichish (sutkasiga 4-5 litr hajmda),  

 

  •  tomoqni tez-tez maxsus antiseptik vositalar bilan chayish,

 

  •  virusga qarshi va antioksidant dorilar hamda D va S vitaminlari, Sink preparatlarini qabul qilish,  

 

  • ️ uy sharoitida izolyasiya va cheklovchi tartibga rioya etish,  

 

  •  tibbiy niqobdan foydalanish,  

 

  •  antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dori vositalaridan maqsadsiz foydalanmaslik talab etiladi.

 

Kasallikdan qanday himolanish lozim? Bu borada mutaxassislarning tavsiyasi quyidagicha:

  • avvalo, barcha aholi qatlami koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanishi lozim;

 

  •  shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy amal qilish, xususan, qo`llarni yaxshilab yuvish, maxsus antiseptik vositalardan foydalanish, tomoq va burunni tez-tez chayish talab etiladi;

 

  •  yopiq binolar va jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanish zarur;

 

  • kasallikning ilk alomatlari yoki O`RVI belgilari namoyon bo`lishi bilan atrofdagilar bilan muloqotni cheklash hamda hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish kerak;

 

  • koronavirus aniqlangan holatda uy sharoitida turli dori preparatlari (antibiotik, gormon va tomir ichiga yuboriladigan tomchi dorilar)ni maqsadsiz qabul qilmaslik shart.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1