AsosiyJamiyat

Global forumi ishtirokchisi professor Reyn Myullerson Toshkentga tashrif buyurdi

'Global forumi ishtirokchisi professor Reyn Myullerson Toshkentga tashrif buyurdi'ning rasmi

Mamlakatimizga 5-6 dekabr kunlari Camarqand shahrida o`tkaziladigan “Inson huquqlari sohasida ta`lim” Global forumi ishtirokchilarining tashriflari boshlandi. 

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, 2022 yil 3 dekabr kuni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Toshkent xalqaro aeroportida Tallin universiteti (Estoniya) Boshqaruv, huquq va jamiyat akademiyasi faxriy professori Reyn Myullersonni kutib oldi.

Professor Reyn Myullerson – O`zbekistonning yaqin hamkorlaridan biri. U 2022 yilda inson huquqlariga oid ilmiy va o`quv ishlari sohasidagi samarali xalqaro hamkorligi tufayli “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoniga (O`zbekiston) munosib topildi. 

R.Myullerson Global forum ishida qatnashadi. Xususan, olimning “Inson huquqlari sohasidagi ta`lim bo`yicha mahorat darslari”da ma`ruza qilishi kutilmoqda.

Ma`lumot uchun: Global forumning xorijiy ishtirokchilarini kutib olish uchun Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, shuningdek, Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida shtablar tashkil etildi. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar