1

Rossiyaning 74 hududida cho`chqa grippi tarqaldi

Dunyo 06.12.2022, 17:40
Rossiyaning 74 hududida cho`chqa grippi tarqaldi

Rossiya Federasiyasida cho`chqa grippi aniqlangan sub`ektlar soni 74 taga etdi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar berdi. 

Departamentning qayd etishicha, 29 noyabr kuni cho`chqa grippi aniqlangan sub`ektlar soni 55 tani tashkil qilgan. 

“Rossiya Federasiyasining 74 ta sub`ektida cho`chqa grippi deb ataladigan kasallik allaqachon aniqlangan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, gripp va o`tkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish o`tgan haftada avvalgisiga nisbatan 23,3 foizga oshgan. Rossiyada 72,4 milliondan ortiq kishi yoki mamlakat aholisining 49,5 foizi grippga qarshi emlangan. 

Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kasallikni an`anaviy gripp turlaridan alomatlari orqali farqlash qiyin. Chunki yuqori tana harorati, tomoq, bosh va mushaklardagi og`riqlar, yo`tal, holsizlik, bezovtalik kabi simptomlar har ikkisiga ham xos. Shu bois aniq tashxis qo`yish uchun maxsus PZR testlari talab etiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1