Usmonov Alisher Ataxanovich Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Mazkur lavozim sabab u prezident maslahatchisi o`rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
Ma`lumot uchun, Alisher Usmonov 2018-yildan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo`yicha O`zbekiston prezident davlat maslahatchisining o`rinbosari lavozimida ishlayotgandi.
Undan oldin u Prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.






