Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sirdaryo tumanidagi YPX maskanida Qashqadaryo — Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro M.X.ning “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to`xtatib ko`zdan kechirilganda, ushbu avtomashina yuk xonasida 156 kg iste`molga yaroqsiz mol go`shtini Toshkent shahridagi dehqon bozorida o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






