Yashnobod tumani IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga kelib tushgan murojaat asosida 1999 yilda tug`ilgan yigit gumonlanuvchi sifatida qo`lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali efirida lavha berildi.
Qayd qilinishicha, yigit 50 nafardan ortiq fuqarodan 15 kundan 30 kungacha muddat davomida pullarni 18-23 foizga ko`paytirib, qaytarishni va`da qilib, 1 mln 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni noqonuniy ravishda qo`lga kiritgan.
"2020 yil fevral oyida "ko`chadan" qarzim bo`lgan. Shuni yopish maqsadida pul olganman. Bu 2022 yil iyun oyigacha davom etgan. Birinchi marta 2065 dollar aldab olganman. 30 foiz qo`yib sotaman, 20 foizi seniki deganman. 10 milliardga yaqin pul oldim, 8 milliardga yaqinini qaytardim. 2 milliardga yaqinini o`z ehtiyojlarimga ishlatib yuborganman. Hammasi o`zimning tanishlarim bo`lgan", - deydi yigit lavhada.






