AsosiySavol-javob

O`zbekistondagi qaysi sug`urta kompaniyasi savollarga onlayn javob beradi?

“Eshitishimcha, sug`urtaga doir savollarga onlayn javob olish mumkin ekan. Bunday xizmat aynan qaysi sug`urta kompaniyasida mavjud? Shu haqda ma`lumot bering”.

E.Shokirova, Samarqand viloyati 

“O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi axborot xizmati boshlig`i Ortiqxo`ja Norov ma`lumot beradi:

-  Mijozlar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib hamda ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida «O`zbekinvest» kompaniyasi tomonidan Internet orqali xizmat ko`rsatish bo`yicha bir qancha imkoniyatlar joriy etilgan. Masalan, bugungi kunda «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug`urtalash», «Baxtsiz hodisalardan sug`urtalash», «Tibbiy sug`urta», «Mol-mulk sug`urtasi» kabi eng ommabop 10 turdagi sug`urta mahsulotlarini Internet orqali sotib olish mumkin.

Shuningdek, Kompaniyaning markaziy apparati va hududiy filiallarida Axborot-maslahat guruhlarining faoliyati yo`lga qo`yilgan. Mijozlar sug`urta masalalari, jumladan mavjud sug`urta turlari, sug`urta shartnomasi shartlari, sug`urta da`volarini ko`rib chiqish, sug`urta tovonini to`lash tartiblari va boshqa masalalar to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni olish uchun elektron pochta(maslahat@uzbekinvest.uz) yordamida mutaxassislar maslahatlaridan foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari joriy yilning iyul oyidan boshlab Kompaniya saytida (www.uzbekinvest.uz) Internet foydalanuvchilarining sug`urta madaniyatini oshirishga qaratilgan imkoniyat yaratildi. Mazkur imkoniyat asosida esa Internet foydalanuvchilari uchun onlayn tartibida savollarga javob berish yo`li orqali sug`urta asoslarini o`rganish va ularning sohaga oid bilimlarini tekshirib ko`rish imkonini beruvchi modul ishlab chiqildi. Kompaniya saytida joylashtirilgan ushbu yangi moduldan (training.uzbekinvest.uz) sug`urta masalalari, xususan sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari, sug`urta da`volarini ko`rib chiqish tartibi, shuningdek, «O`zbekinvest» kompaniyasining faoliyati bilan bog`liq boshqa ma`lumotlarga ega bo`lishni istaganlar foydalanishi mumkin.

“Darakchi” gazetasining 15 avgust, payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida ko`plab savollarga tegishli tashkilotlar tomonidan asosli va jo`yali javob olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar