AsosiyDunyo

Fransuzlar niqob taqishdan bosh tortmoqda

'Fransuzlar niqob taqishdan bosh tortmoqda'ning rasmi

Ayni paytda Fransiyada gripp, COVID-19 va bronxit bilan kasallanganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa bolalar kasal bo`lmoqda. Vaksinasiya darajasi pastligi tufayli, mamlakat sog`liqni saqlash tizimi zimmasiga yuk bo`lmoqda, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Fransiya hukumati qayd etilgan uchta epidemiya sharoitida va Rojdestvo dam olish kunlari oldidan unutilgan himoya choralariga qaytishga chaqirdi. Aksincha, cheklovchi choralar qo`llanilishi haqida ogohlantirdi.

Fransuzlar esa koronavirus pandemiyasi davrida karantindan charchagan va ushbu virus bilan yashashni o`rganishga harakat qilmoqda.

«Ijtimoiy masofani saqlash, vaksinasiya - bu xavf ostida bo`lgan bemorlar uchun, masalan, men bugun, Fosh kasalxonasida uchrashgan odamlar uchun shaxsiy himoya chorasi. Bu ham jamoaviy mas`uliyatdir. Bizning sog`liqni saqlash tizimimiz shahar tibbiyotida yoki kasalxonalarda bo`lsin, katta bosim ostida. Hozirgi keskin vaziyatda tizimga uchta epidemiya - bronxiolit, gripp va sovid tahdid solmoqda. Agar tizim buni bartaraf eta olmasa, barcha bemorlar qiyin ahvolga tushib qoladi», — dedi Fransiya sog`liqni saqlash vaziri Fransua Bron.

    Boshqa yangiliklar