BMT Afg`onistondagi oshkora qatldan xavotirda

Dunyo 08.12.2022, 12:25
BMT Afg`onistondagi oshkora qatldan xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg`onistonda “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelganidan beri ehtimoliy ilk ommaviy qatl marosimidan xavotirda. Tuzilma mamlakatni o`lim jazosiga moratoriyni qaytarishga chaqiradi. Bu haqda BMT Bosh kotibi vakili o`rinbosari Stefani Tremble ma`lum qildi, deya yozmoqda O`zA.

“Biz Afg`onistonda ommaviy qatl uyushtirilayotgani munosabati bilan chuqur tashvish bildiramiz. Bizning qarashlarimiz o`zgarmaydi – BMT o`lim jazosiga qarshi. O`lim jazosi yashash huquqi tamoyiliga zid. Biz Afg`onistonda o`lim jazosi bo`yicha moratoriyni qaytarishga chaqiramiz”, degan u.

Chorshanba kuni Afg`oniston hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid mamlakatning Farah viloyatida Tolibon hokimiyatga kelgach birinchi bor o`lim jazosi ijro etilishini aytdi. Hirot viloyatida tug`ilgan mahkum qo`shni Farah viloyatida yashovchi fuqaroni o`ldirib, uning motosikli va mobil telefonini olib ketgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1