1

Dunyoda koronavirusga chalinish ko`rsatkichlari 3 foizga, o`lim holatlari esa 17 foizga kamaydi - JSST

Dunyo 09.12.2022, 11:29
Dunyoda koronavirusga chalinish ko`rsatkichlari 3 foizga, o`lim holatlari esa 17 foizga kamaydi - JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko`ra, o`tgan haftada dunyo bo`yicha 2,9 millionga yaqin kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 7,8 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

 Bu 28 noyabr — 4 dekabr sanalarida kasallanishlar soni undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foiz, o`lim holatlari esa 17 foizga kamayganini tasdiqlaydi.

Infeksiyani yuqtirish bilan bog`liq eng keskin pasayish dinamikasi Afrika mintaqasida qayd etildi — 78 foiz! Janubi-Sharqiy Osiyoda bu statistika 27 foizni tashkil etdi. Amerika mintaqsida esa aksincha o`sish kuzatildi (+14 foiz).

O`lim ko`rsatkichlari ham Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan (+3 foiz) tashqari, qolgan mintaqalarda pasaydi. Jumladan, bu borada Afrika (-83 foiz) va Sharqiy O`rta er dengizi mintaqasi mamlakatlari (-33 foiz) etakchilik qildi.

.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1