AsosiyDunyo

Qirg`iziston va Rossiya Baliqchi—Qo`chqor—Qora Keche temir yo`l liniyasini quradi

'Qirg`iziston va Rossiya Baliqchi—Qo`chqor—Qora Keche temir yo`l liniyasini quradi'ning rasmi

Qirg`iziston va Rossiya birgalikda temir yo`l quradi. Tomonlar bu bo`yicha memorandum imzoladi. Bu haqda Kloop xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Qirg`iziston va Rossiya Baliqchi—Qo`chqor—Qora Keche temir yo`l liniyasini quradi. Memorandum «Qirg`iziston temir yo`li» va Rossiyaning ikki korxonasi o`rtasida 9 dekabr kuni imzolangan.

«Qirg`iziston temir yo`li»ning qayd etishicha, qurilish o`z mablag`lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

«Kelajakda temir yo`l Xitoy—Qirg`iziston—O`zbekiston yo`nalishi bo`yicha loyihalashtirilgan temir yo`l bilan bog`lanishi mumkin. Loyiha eng ustuvor yo`nalishlardan biridir», deyiladi xabarida.

    Boshqa yangiliklar