Bir necha kun oldin Saudiya Arabistonida taekvondo WT bo`yicha start olgan yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi yakunlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan Ulug`bek Rashitov -68 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo`ldi. Hamyurtimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Rashitov ushbu natija evaziga o`z hisobiga Parij-2024 Olimpiadasi uchun 60 ochkoni qo`shib qo`ydi.