Marokash terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati chorak finalida Portugaliyani 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvdagi yagona golni Yussuf An-Nassiri mualliflik qildi.
Shunday qilib, Marokash terma jamoasi - tarixda JCh yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasiga aylandi.
Marokashning yarim finaldagi raqibi Angliya - Fransiya o`yinidan so`ng ma`lum bo`ladi.
Ma`lumot uchun: Portugaliya jamoasi hujumchisi afsonaviy Ronaldo uchun bu o`yin Jahon chempionatining eng so`nggisi bo`ldi.