Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi JCh-2022 chorakfinalida Marokashga (0:1) yutqazib, turnirni tark etgach o`z fikrlarini bildirdi. Futbolchi bu haqda o`zining "Instagram" sahifasida yozgan.
"Portugaliya safida jahon chempionatida g`alaba qozonish faoliyatimdagi eng katta orzu edi. Yaxshiyamki, ko`plab xalqaro sovrinlarni qo`lga kiritdim, jumladan Portugaliya bilan ham (Evro-2016da chempionlik). Lekin yurtimiz nomini jahon darajasiga olib chiqish eng katta orzuyim edi.
Orzu yo`lida qattiq kurashdim. 16 yil ichida 5ta jahon chempionatida qatnashdim, buyuk futbolchilar bilan birga va millionlab portugaliyaliklarning qo`llab-quvvatlashi bilan o`ynadim. Borimni berdim. Hech qachon orzumdan voz kechmadim.
Afsuski, kecha orzular chilparchin bo`ldi. Ortiqcha munosabatdan foyda yo`q. Shunchaki hamma bilishini istayman: ko`p aytildi, ko`p yozildi, ko`p taxminlar aytildi, lekin mening Portugaliyaga bo`lgan sadoqatim bir lahzaga ham o`zgarmadi.
Hamisha umumiy maqsadlar uchun kurashganlardan biriman. Hech qachon jamoadoshlarimdan, vatanimdan yuz o`girmayman. Aytadigan boshqa gapim yo`q.
Rahmat, Portugaliya. Rahmat, Qatar. Tush davom etayotganda, go`zal edi ... Vaqt — yaxshi maslahatchi. Ungacha kuting. Har kim o`z xulosasini chiqarishiga imkon bo`ladi",– degan Krishtianu Ronaldu.