AsosiyDunyo

Omikronni neytrallashtiruvchi dori ishlab chiqildi

'Omikronni neytrallashtiruvchi dori ishlab chiqildi'ning rasmi

Dana-Farber saraton instituti, Boston universiteti, Massachusets umumiy kasalxonasi, Kolorado shtati universiteti olimlari omikron shtammini va koronaviruslarning aksariyat variantlarini samarali ravishda zararsizlantiradigan preparatni ishlab chiqishdi. Ish natijalari Science Advances jurnalida e`lon qilindi.

Ishlanma DF-COV-01 deb nomlandi. Tajribalar shuni ko`rsatdiki, dori vostasidagi oqsilning muayyan qismi faollashganda virusga qattiqroq singadi hamda organizmda ko`proq ta`sir ko`rsatadi. Bu orqali dori vositasi virus tuzilishiga qaytarib bo`lmaydigan o`zgarishlarni keltirib chiqaradi — u hujayraning yuqori qismida patogenning ACE2 reseptorlari bilan bog`lanishi hamda ularni zararlashining oldini olish uchun oqsillarni shikastlaydi. Ko`pgina koronaviruslar infeksiyasi uchun ACE2 bilan o`zaro ta`sirlashish talab qilganligi sababli, preparat barcha mavjud shtammlar va hatto kelajakdagi shtammlar uchun ham samaralidir.

DF-COV-01 dori vositasini ishlab chiqish jarayoni deyarli yakunlangan bo`lsa-da, hali odamlarda sinovdan o`tkazilmadi. Hozirgi vaqtda klinik sinovlarni tasdiqlash uchun zarur qadam bo`lgan ulardan oldingi tadqiqotlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar