Eronning “Rah-Ahan”, “Traktor” va “Gol-e Rayhon” klublarining sobiq futbolchisi Amir Nasr-Azadaniy o`lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ma`lum qilinishicha, Islom Respublikasi adliya tizimi 26 yoshli sobiq futbolchini Eron “moharebeh” deb atagan jinoyat – Tangriga qarshi urush uchun osishni rejalashtirgan.
IranWire xabariga ko`ra, Azadaniy oilasiga polisiya va xavfsizlik kuchlari tomonidan bir necha bor tahdid qilingan. Advokat ularga sukut saqlashni buyurdi.
Ko`p sonli sobiq va hozirgi Eron sportchilari Nasr-Azadaniyni himoya qilish uchun chiqish qildi. Ular orasida eng mashhurlari Ali Karimi va Mehdi Mahdavikiyadir. Karimi o`lim hukmini bekor qilishga chaqirdi va ijtimoiy tarmoqlar orqali sobiq futbolchini qo`llab-quvvatlashga chaqirdi. Amirni Germaniyadagi yoshlar terma jamoasi yig`inida ko`rgan Mahdavikia sud hukmidan xabar topgach, xavotir bildirdi.
Futbolchi avvallari o`ynagan Eronning “Traktor” futbol klubi vakillari allaqachon FIFAga yordam so`rab murojaat qilishgan.
Xabar e`lon qilinayotgan vaqtda Qatarda bo`lib o`tgan JCh-2022da ishtirok etgan Eron terma jamoasining hech bir futbolchisi yoki murabbiyi Azadaniyning qatl etilishiga munosabat bildirmagan. Faqatgina Alirizo Biranvand ijtimoiy tarmoqlardan birida o`lim hukmini bekor qilishga chaqirdi, darvozabon esa qatl etilishi arafasida turgan shaxsning ismini tilga olmadi.
Amir Nasr-Azadaniy ilk bor 2014 yilda Tehron Rah-Ahan jamoasi tarkibida Eron Premer-ligasida o`ynagan. Oradan bir yil o`tib futbolchi "Traktor" safiga kelib qo`shildi va 2019 yilgacha klub a`zosi edi. 2018 yilda u xochsimon bog`lami yorilib, bir yillik tanaffusdan so`ng “Traktor”dan chetlatildi.