AsosiyDunyo

Meksikada jinoyatchilar tomonidan o`g`irlangan 7 nafar o`zbekistonlik qutqarildi

'Meksikada jinoyatchilar tomonidan o`g`irlangan 7 nafar o`zbekistonlik qutqarildi'ning rasmi

Meksika huquq-tartibot idoralari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Gomes-Palasio shahridagi uylarning birida 7 nafar muhojir majburan tutib turilgani aniqlandi. Bu haqda mahalliy polisiya xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 911 xizmatiga bir guruh osiyolik muhojirlar majburan ushlab turilgani to`g`risida xabar kelib tushgan. Keyinroq aniqlanishicha, ular O`zbekiston fuqarolari bo`lgan: 5 nafar erkak, bir ayol va voyaga etmagan shaxs.

O`zbekistonliklarning so`zlariga ko`ra, ular avtobusda Quyi Kaliforniyaga ketayotgan bo`lgan. Gomes-Palasio shahrida to`xtashgan vaqtida ularga hujum qilishgan.

Jinoyatchilar O`zbekiston fuqarolarining yo`lni davom ettirishi uchun 1,2 ming dollar talab qilgan. Jabrlanuvchilar yonida pul bo`lmagani bois, ularni xususiy uylardan biriga olib kelib, muhojirlar orqali boshqa usulda pul ishlashni reja qilishgan.

Qutqarilgan fuqarolar Himoya va qo`llab-quvvatlash milliy migrasiya institutiga jo`natilgan.

    Boshqa yangiliklar