O`zbekistonda soliq qarzi eng ko`p bo`lgan 10 ta qurilish korxonasi nomi e`lon qilindi

Iqtisodiyot 13.12.2022, 13:16
O`zbekistonda soliq qarzi eng ko`p bo`lgan 10 ta qurilish korxonasi nomi e`lon qilindi

Davlat soliq qo`mitasi O`zbekistonda soliq qarzi ko`p bo`lgan qurilish korxonalari TOP-10 taligini ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 1 dekabr holatiga 100 mln so`mdan yuqori soliq qarzi mavjud qurilish korxonalari soni 679 tani tashkil etdi. Ularning jami qarzdorligi 279,9 mlrd so`m. 

Shundan 48,8 mlrd so`mi, ya`ni 17 foizi  soliq qarzi eng ko`p bo`lgan 10 ta korxona hisobiga to`g`ri keladi. Ular:

1. «Ko`prikqurilish» UK - 14,1 mlrd;
2. "Maxsus montaj va mexanizasiya" UK - 13,8 mlrd;
3. "J - Quruvchi" MChJ - 3,7 mlrd;
4. "Qoratov yo`llardan muntazam foydalanish" UK - 3,1 mlrd;
5. «Kamol» XK - 3 mlrd;
6. "Orzu qurilish biznes" MChJ - 2,5 mlrd;
7. "Namangan ko`priklardan foydalanish" UK - 2,2 mlrd;
8. "Muborak neft-gaz montaj qurilish" MChJ - 2,2 mlrd;
9. "Xiva neft-gaz qurilish" UK - 2,1 mlrd;
10. "O`zbekGidroEnergo qurilish" AJ - 2,1 mlrd.

Hududlar kesimida qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi ko`rsatkichlari – TOP-3:

- Toshkent shahri – 60,5 mlrd so`m;

- Toshkent viloyati – 30 mlrd so`m;

- Qashqadaryo viloyati – 22 mlrd so`m.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1