Rossiyada migrantning elektron guvohnomasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
“Gosznak” bosh direktori Arkadiy Trachukning ma`lum qilishicha, migrantlar uchun biometrik identifikasiya tizimini joriy etish muhokama qilinmoqda.
Trachukka ko`ra, gap “Gosuslugi”ga yaqin tizim haqida bormoqda. Biroq yangi elektron guvohnoma qanday ishlashi xususidagi to`liq ma`lumotni IIV migrasiya masalalari bo`yicha Bosh boshqarmasi taqdim etadi.
Yangi loyiha xizmatlarni xorijlik fuqarolar uchun yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.
“Unda barcha ma`lumotlar jamlangan bo`lardi: registrasiya, ish ruxsatnomasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, tibbiyot sug`urtasi”, — “Gosznak” bosh direktori.
Arkadiy Trachuk bu o`z vaqtida joriy qilinayotgan juda yaxshi yangilik ekanini ta`kidladi, chunki xalqaro bozorda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan bo`lgan ishchilarga nisbatan raqobatbardosh bo`lish kerak.






