AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichlari 10 foizga oshdi — JSST

'Dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichlari 10 foizga oshdi — JSST'ning rasmi

O`tgan haftada Er yuzi bo`yicha 3,3 milliondan ortiq kishiga SOVID-19 tashxisi qo`yildi. Ulardan qariyb 9,8 ming nafari kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko`ra, 5-11 dekabr kunlari sayyoramizda koronavirusga chalinish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 2 foiz, o`lim ko`rsatkichlari esa 10 foizga oshgan.

Bemorlar sonining sezilarli ko`payishi Amerika (+27 foiz) va G`arbiy Tinch okeani mintaqasi (+3 foiz) mamlakatlarida kuzatildi. Afrika (-73 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (-33 foiz) va Evropada (-11 foiz) esa buning aksi qayd etildi.

O`lim ko`rsatkichlari asosan Sharqiy O`rta er dengizi mintaqasi (+81 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerikada (+37 foiz) oshgan.

O`tgan haftada eng ko`p bemorlar aniqlangan mamlakatlar:

Yaponiya — 841 ming

 AQSh — 448 ming  

Janubiy Koreya — 420 ming

Fransiya — 366 ming

Braziliya — 194 ming

Eng ko`p o`lim holatlari qayd etilgan davlatlar:  

AQSh — 2934

Yaponiya — 1358  

Braziliya — 603

Fransiya — 478

Italiya — 475.

 

 

    Boshqa yangiliklar