G`arb diplomatlari Ukraina Qrimni Rossiyadan tortib olishga qodir ekaniga ishonmaydi. Bu haqda "Mirror" ga tayanib, "ura.news" yozmoqda.
“Diplomatik doiralarda hech kim Qrimning Ukraina boshqaruviga qaytishi mumkinligiga ishonmaydi”, deb yozadi nashr G`arb rasmiysiga tayanib. Maqolada AQSh rahbarlari ham xuddi shunday fikrda ekanligi qayd etilgan. “Men hech kim Qrimni qaytarish mumkin, deganini eshitmadim”, dedi rasmiy. Uning so`zlariga ko`ra, bu haqda hatto Ukraina tomonidan ham hech qanday gap bo`lmagan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning maslahatchisi Aleksey Arestovich Qrim yarim orolini Ukraina tomoni olti oy ichida qo`lga kiritishiga umid qilayotganini ma`lum qilgandi. Bu haqda u FEYGIN LIVE (Rossiya Federasiyasida xorijiy agent sifatida tan olingan rossiyalik huquqshunos Mark Feyginning kanali) efirida aytib o`tdi.






