AsosiyDunyo

O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasiga mast holda kelib, elchixona mulkiga zarar etkazgan erkak 3 yilga qamaldi

'O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasiga mast holda kelib, elchixona mulkiga zarar etkazgan erkak 3 yilga qamaldi'ning rasmi

O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasida mast holda kelib, elchixona mulkini zarar etkazgan ostonalik erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda Ostona shahar sudi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa 2022 yil yanvar oyida yuz bergan va etkazilgan zarar oqibatida O`zbekiston elchixonasiga katta miqdorda moddiy zarar etgan. Sudlanuvchining aybi kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar yordamida isbotlangan.

Sud hukmi bilan erkak Qozog`iston Jinoyat kodeksining 202-moddasi 2-qismi 5-bandi «O`zganing mulkini qasddan yo`q qilish yoki shikastlash» bilan aybdor deb topilib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sud ostonalik fuqarodan O`zbekiston elchixonasi foydasiga moddiy zarar miqdorini undirdi. Bundan tashqari, unga qamoqxonada alkogolizmdan majburiy davolanish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar