Ilon Mask o`z shaxsiy samolyotini kuzatuvchi Twitter akkaunti egasini sudga berdi. Milliarderlar kuzatuv o`g`lining hayotiga xavf solayotganini aytgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
ElonJet akkaunti yarim million kuzatuvchiga ega. Chorshanba kuni u bloklab qo`yildi. Sahifa egasi 20 yoshli Jek Suini aviareyslar haqidagi ochiq ma`lumotlardan foydalangan. U Maskning samolyotining parvozlarini monitoring qilgan.
Milliarderning so`zlariga ko`ra, Suini va bir qator boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
“Kecha tunda lil X (Maskning o`g`li) o`tirgan mashina Los-Anjelesda ta`qib qilindi”, – deb yozgan biznesmen.
Uning qo`shimcha qilishicha, odamlarning real vaqtda turgan joyini ko`rsatgan har qanday akkaunt bloklab qo`yiladi.






