AsosiySport
4708

EChL. “Real Madrid” dramatik o`yinda qiyin g`alabaga erishdi (Video)

Evropa chempionlar ligasi “F” guruhi 1-turida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida Portugaliyaning “Sporting” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Murasasiz va dramatik kechgan o`yinda madridliklar qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi. Avvaliga Bruno Sezar hisobni ochgan bo`sla, 89-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirdi. O`yinning so`nggida Alvaro Morata “Real”ga g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi.

“Real” Madrid – “Sporting” 2:1

Gollar: 0:1 – 47 Bruno Sezar, 1:1 – 89 Ronaldu, 2:1 – 90 Morata.

Mazkur guruhning ikkinchi o`yinida “Borussiya” Dortmund futbolchilari safarda “Legiya” jamoasi bilan to`qnash kelishdi. Ushbu o`yinda dortmundliklar 6:0 hisobida zafar quchdi.

“Legiya” – “Borussiya” Dortmund  0:6

Gollar: 0:1 – 7 Getse, 0:2 – 15 Papastatopulos, 0:3 – 17 Bartra, 0:4 – 51 Gerreyru, 0:5 – 76 Kastro, 0:6 – 87 Obameyang.

Boshqa yangiliklar