AsosiyDunyo

Afg`oniston bilan Pokiston chegarasida otishma yuz berdi

'Afg`oniston bilan Pokiston chegarasida otishma yuz berdi'ning rasmi

Afg`oniston bilan Pokiston chegarasida otishma yuz berdi. Oqibatda Pokiston tomonidan bir kishi halok bo`lgan va yana 15 kishi yaralangan.

Afg`oniston hududidan chegarachilar Chaman tumanidagi tinch aholi punktini o`qqa tutgan va tinch aholi jabrlangan. Pokiston chegarachilari og`ir artilleriya bilan javob qaytargan.

Manbalarga ko`ra, mojaro Tolibon Shiro Ubu hududida nazorat-o`tkazish punkti o`rnatmoqchi bo`lganidan keyin boshlangan va Pokiston harbiylari bunga to`sqinlik qilgan.

Eslatib o`tamiz, 11 dekabr kuni transchegaraviy otishmada olti nafar Pokiston fuqarosi halok bo`lgandi, yana 17 nafari yaralangan. Tolibon esa bir kishi halok bo`lgani va 13 kishi yaralangani haqida xabar bergan.

    Boshqa yangiliklar