AsosiySport

Marokash FIFAga JChdagi hakam ustidan shikoyat xati yo`lladi

'Marokash FIFAga JChdagi hakam ustidan shikoyat xati yo`lladi'ning rasmi

Ma`lumki, Jahon chempinatida Marokash terma jamoasi Mundial yarim finalida Fransiyaga 0:2 hisobida mag`lub bo`ldi.

Marokashliklar uchrashuv hakami ustidan FIFAga shikoyat qildi. O`yinni Sesar Artuto Ramos boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgandi.

Marokash qirollik futbol federasiyasi (FRMF) meksikalik hakamning uchrashuvdagi harakatlaridan norozi bo`lgan va shikoyat yuborgan. Federasiya uchrashuvda ikkita penalti berilmagan deb hisoblamoqda. Dastlab Teo Ernandes va Sofyan Bufal to`qnashuvida va keyin Ashraf Darining raqib bilan to`qnashuvi oqibatida jarima maydoni ichida yiqilib tushgani e`tiborga olinmaganidan norozi.

“Marokash qirollik futbol federasiyasi Fransiyaga qarshi bahs hakamligiga keskin norozilik bildiradi. Shu sababdan FRMF tashkilotga ikkita bahsli penalti berilmagani haqida xat yubordi. FRMF VAR ham bu vaziyatga e`tibor qaratmaganidan hayratda.

Shuningdek, Marokash futbol federasiyasi Qatardagi Jahon Chempionati yarim finalidagi hakamlik ishlaridan noroziligini, terma jamoaning huquqlarini himoya qilish uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshirishini eslatib o`tadi”, — deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar