AsosiyDunyo

AQSh yanvarda Kievga o`ta yirik harbiy yordam paketini berishi mumkin

'AQSh yanvarda Kievga o`ta yirik harbiy yordam paketini berishi mumkin'ning rasmi

AQSh yanvarda Kievga o`ta yirik harbiy yordam paketini berishi mumkin. Bu haqda "Zamon.uz" "Politico" nashriga tayanib xabar bermoqda.

Uning ma`lumotlariga ko`ra, Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimlari va JDAM (Joint Direct Attack Munition) komplekslari joy olishi mumkin. JDAM orqali oddiy aviasion bombalarni boshqariladigan bombaga aylantirish mumkin.

Bundan tashqari, Pentagon AQShning Germaniyadagi harbiy bazasida Ukraina askarlarini tayyorlashni kengaytiradi.

AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili Patrik Rayder Vashington oyiga 500 ukrainalik askarni qayta tayyorlashni rejalashtirayotganini aytgan.

    Boshqa yangiliklar