Berlinning markazida joylashgan Dom Aquaree mehmonxonasida 16 metrli akvarium yorilib ketdi. Akvariumda 1,5 ming dengiz baliqlari bo`lgan. Ikki kishi jabrlangan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Twitterda foydalanuvchilar voqea joyidan video bilan bo`lishmoqda.
Dom Aquaree Berlin markazidagi Karl-Libknext-Shtrasse ko`chasida, Berlin Aleksanderplas va mashhur teleminora yaqinida joylashgan.
Akvarium dunyodagi eng katta akvariumlardan biri hisoblanadi. Unda 1,5 mingta dengiz baliqlari va 1 million litr suv bor bo`lgan. Suv baliq bilan birga ko`chaga oqib chiqdi.






