1

Olma-otadagi XVI “Evroosiyo” kinofestivalida o`zbek kino ijodkorlari 3 ta sovrinni qo`lga kiritishdi

Madaniyat 19.12.2022, 18:58
Olma-otadagi XVI “Evroosiyo” kinofestivalida o`zbek kino ijodkorlari 3 ta sovrinni qo`lga kiritishdi

Qozog`istonning Olma-ota shahrida 12-18 dekabr kunlari bo`lib o`tgan XVI “Evroosiyo” (“Eurasia international film festival”)  xalqaro kinofestivali yakunlandi. Unda o`zbekistonlik bir guruh ijodkorlar ham ishtirok etdi hamda bir qator nominasiyalar bilan taqdirlanishdi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan kinorejissyor   Ali Hamraev  “Markaziy Osiyoda kino san`ati rivojiga qo`shgan hissasi uchun” nominasiyasini qo`lga kiritgan bo`lsa, kinorejissyor  Qamara Kamalova “Yo`l bo`lsin” badiiy filmi uchun  hakamlar hay`atining maxsus mukofotiga loyiq ko`rildi.  Shuningdek O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “Evrosiyoda  festival harakatini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun” maxsus sovrini  bilan taqdirlandi. 

Shu bilan birga festival doirasida O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Qozog`iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri o`rinbosari Nurkisa Daueshov, Qozog`iston Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Esetjan Kosubaev va “Kinopark” eng yirik kinoteatrlar tarmog`i rahbari Erlan Buxarbaev bilan uchrashuvlar o`tkazdi. Uchrashuvlar davomida o`zaro hamkorlikda olinadigan kino loyihalar, kino san`ati va sanoatining boshqa yo`nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha muhokamalar bo`ldi. 

Mazkur tadbirdagi yana bir ahamiyatli voqea shundan iboratki, festival doirasida bo`lib o`tgan o`zaro uchrashuvda  BDKIning  Toshkent filiali va Turon universiteti o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shartnomaga ko`ra talabalar o`rtasida o`zaro hamkorlik  loyihalarini, o`quv kurslarini, ilmiy konferensiya hamda o`quv dasturlarini, mahorat darslarini  tashkil qilish, pedagog va talabalar almashish amaliyotini qo`llash hamda har ikki oliy dargohning diplomlarini O`zbekiston va Qozog`istonda tan olinishini ta`minlash ko`zda tutilgan.  

Shuni ta`kidlash lozimki, “Evroosiyo” xalqaro kinofestivali Qozog`istondagi 1998 yilda tashkil etilgan bo`lib, u Xalqaro kinoprodyusserlar uyushmalari federasiyasi  (FIAPF) tomonidan akkredetasiyadan o`tgan. U ikki yillik tanaffusdan keyin yana qayta o`z ishini boshladi. O`tgan yillarda ushbu festivalga Kim Ki Duk, Emir Kusturisa, Jan Klod Van Damm, Mikele Plachido, Katrin Denev hamda Vinsen Kassel kabi dunyo kino yulduzlari tashrif buyurgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1