1

Ishqiy munosabatlarga soya soluvchi 5 xato

SUG'DIYONA 15.09.2016, 16:00
Teglar: Muhabbat, Ayol, Erkak, Er-xotin
Ishqiy munosabatlarga soya soluvchi 5 xato

Bir qarashda baxti to`kis oilaning bekasisiz. Turmush o`rtog`ingiz, bir-biridan aqlli, odobli farzandlaringiz, sizni tilidan bol tomib maqtaydigan qaynonangiz, ish, oila va farzandlariga birdek ulguradigan uddaburon ayol — sizga barchaning havasi keladi. Biroq hammma o`zidan o`tganini o`zi biladi-da... Yaxshiyamki yotoqxonaning eshigi, tilni to`sib turuvchi tishlar bor. Aks holda, juftingiz bilan o`rtangizdagi so`na boshlagan muhabbat olovi asl baxtingizga soya tashlayotganini boshqalar ham bilgan bo`lisharmidi?! Qaerda xato qildim deb o`ylashingizdan foyda yo`q, yaxshisi, vaziyatni tuzatish yo`llarini axtaring. Oliy toifali shifokor, ruhshunos Alisher TO`RAEV bu borada sizga o`z maslahatlarini berib o`tadi.

1. Ro`zg`orga o`ralashib qolmang!

Uy tozalash, kir yuvish, dazmollash, pol va chang artish, idish-tovoqlar-u bozor – o`char tagi ko`rinmas g`orning ishlar hech qachon tugamaydi, kam – ko`sti yopilmaydi. Shunday ekan, ular uchun asosiy kuch va e`tiboringizni sarflashingiz to`g`rimi? Har kuni artadigan o`sha polingiz sizga mehr berarmidi? Yoki bugun emas, erataga dazmol qilinadigan kiyimlaringiz eringiz bilan munosabatlaringizni tuzatadimi? Tozalik va ozodalik muhim, buni inkor etolmaymiz. Erkak xonaning changi artilganiga 2 kun bo`lganini bilmasligi mumkin, lekin sizning e`tiboringiz kamayganini darhol sezadi.  

2. Televizor va telefondan uzoqroq bo`ling!

Serial, telefon yoki kompyuter o`yinlarini biroz chetga surib qo`ying. Ularga vaqtingiz serob-u, juftingiz uchun yo`qmi?! Turmush o`rtog`ingiz bilan o`rtangizda g`ov bo`layotgan barcha narsalarni engib o`ting. Agar turmush o`rtog`ingiz siz kabi osongina telefonidagi o`yinidan voz kecholmasa, o`sha o`yinni u bilan birga o`ynash orqali umumiy mavzu topishingiz mumkin. Vaqtni oqar suvga tenglashtiramiz-u, lekin undan to`g`ri foydalanishni bilmasligimiz achinarli. Tunni telefonni qo`lga olib emas, bir-biringizni quchog`ingizda o`tkazing! 

3. Ish va charchoq...

Ish bilan oilani bir-biriga aralashtirmang. Ishxonada asabiylashgan bo`lsangiz yoki charchoqdan yiqilib tushay deb tursangiz ham jufti halolingizga ikki og`iz shirin so`z aytishga o`zingizda kuch toping. Charchoqni engish uchun esa kontrast dush yoki efir moylari  qo`shilgan vanna qabul qiling. Balki turmush o`rtog`ingizni ham chaqirarsiz... 

4. O`zingizga ishoning!

Unutmang: u sizga uylangan! Siz farzandlarining onasi, qo`rg`onining bekasisiz! Demak, hayotidagi eng muhim ahamiyatga ega ayol ham siz bo`lasiz! U faqatgina sizni deydi, bunga ishoning. Atrfodagi shuncha qizlar orasidan u sizni yagonasi deb bilgan. Erkak kishi bir so`zli bo`ladi, siz uning tanlovisiz! Buning uchun eringizni ham, o`zingizni ham hurmat qiling. Kamchiliklarimni bilmaydi deb o`ylamang, eringiz sizni ular bilan birga sevadi. Siz o`zingizni boringizcha qabul qiling, tamom. Bor go`zalligingiz va jozibangizni ishga soling! Eringizni qaytadan rom eting... 

5. Yangiliklardan cho`chimang!

Juftingiz sizga yotoqxonada biror bir yangilikni sinab ko`rish taklifi bilan chiqsa, rad etishga shoshilmang. Birinchidan, bu ishlarni qilishga rozi bo`ladigan boshqa birov topilib qolishi mumkin. Ikkinchidan, bir xillikdan o`zingiz ham zerikmadingizmi? Aynan yangiliklar sizga yangi tuyg`ular eshigini ochishi mumkin.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1