AsosiySiyosat

Bugun Toqaev Toshkentga keladi. Tashrifda nimalar rejalashtirilgan?

'Bugun Toqaev Toshkentga keladi. Tashrifda nimalar rejalashtirilgan?'ning rasmi

2022 yil 21-22 dekabr Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev davlat tashrifi bilan O`zbekistonda bo`ladi

Tashrifning birinchi kunida “Yangi O`zbekiston” istirohat bog`idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`yish, ramziy daraxt ekish tadbirida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Ertasi kuni Qozog`iston prezidenti XV asrning birinchi yarmida Toshkentda qurilgan Tule-biy maqbarasiga tashrif buyuradi.

Rasmiy suratga olish marosimidan so`ng “Tashkent City” xalqaro biznes markazining Kongress markazida rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tadi. Uchrashuv doirasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib borish ko`zda tutilgan. Shuningdek, qo`shma loyihalarga start beriladi, qozoq shoiri Abay Kunanboev ijodiga bag`ishlangan ko`rgazma ham ko`zdan kechiriladi.

Davlat tashrifi yakunlari bo`yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qisqa brifing o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar