1

O`zbekiston Evropa bozorlariga eksport qilinadiga yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi

Iqtisodiyot 23.12.2022, 14:45
O`zbekiston Evropa bozorlariga eksport qilinadiga yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev O`zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumidagi nutqida bayon etgan.

"Biz O`zbekistonda ham, Saudiya Arabistonida ham yuqori qo`shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan qo`shma korxonalarni tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz.  

Ular kelgusida aholisining umumiy soni 1,4 milliarddan ko`proq potensial iste`molchisi bo`lgan mintaqaviy va Evropa bozorlariga, shuningdek, Katta Arab erkin savdo hududi mamlakatlariga eksport qilinadi",  — degan Xo`jaev. 

Uning so`zlariga ko`ra, global integrasiya va hamkorlik jarayonlarida faol ishtirok etish, shuningdek, jahon bozorlariga chiqish uchun transport yo`nalishlarini diversifikasiya qilish zarur. Shuning uchun O`zbekiston tomonidan Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston va Mozori-Sharif - Kobul - Peshavor temir yo`li loyihalari ilgari surilmoqda. 

Ta`kidlanishicha, bu loyihalar strategik ahamiyatga ega bo`lib, nafaqat O`zbekiston, balki ushbu hududlar uchun ham yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

"Islohotlarning amalga oshirilishi tufayli yaqin 5 yil ichida yalpi ichki mahsulot hajmi 100 milliard dollarga, yillik eksport esa ikki barobarga oshib, 30 milliard dollarni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi esa 80 foizga etadi.

Biz o`z oldimizga 2030 yilga borib dunyoning aholi daromadlari o`rtacha ko`rsatkichdan yuqori bo`lgan davlatlar qatoridan o`rin olishni aniq maqsad qilib qo`yganmiz", — dedi Xo`jaev.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1