AsosiyIqtisodiyot

Koreya Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun 12 mln dollar grant ajratadi

'Koreya Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun 12 mln dollar grant ajratadi'ning rasmi

Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von(12 mln AQSh dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi bo`yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mazkur grant mablag`lari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining O`zbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi.

Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. U erda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizasiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo`yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.


 

    Boshqa yangiliklar