Boshqirdiston Respublikasining birinchi prezidenti Murtazo Rahimov vafot etdi, deb xabar berdi "Human.uz" RIA Novosti agentligi xabariga tayanib.
Rahimov 88 yoshda olamdan o`tdi. U Boshqirdistonni 30 yil boshqargan, 2010 yilda iste`foga chiqqan.
Rahimov davrida, 1990 yilda Boshqirdiston Respublikasining davlat suvereniteti to`g`risidagi deklarasiya qabul qilindi. U Moskva bilan Federal shartnoma va uning ilovasini imzoladi, 1993 yilda Respublika Konstitusiyasi qabul qilindi.
12.01.2023 00:42
Boshqirdistonning birinchi prezidenti Murtazo Rahimov vafot etdi






