AsosiySport
3623

Ronaldu va Beyl “Real” mashg`ulotlariga qaytdi

Madridning "Real" jamoasi etakchilari – Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl klubi mashg`ulotlariga qaytishdi. Bu haqda Goal nashri ma`lum qilmoqda.

Portugaliyalik va uelslik "Espanol"ga qarshi (2:0) Ispaniya chempionati 4-turida maydonga tushmagandi. Bunga asosiy sabab sifatida Ronalduning biroz shamollagani, Beylda esa engil shikast borligi ko`rsatilgan.

Ronaldu va Beyl klub mashg`ulotlariga qaytib, engil mashqlarni boshlab yubordi. Futbolchilar jamoaning navbatdagi o`yinlarida maydonga tushishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar