Afg`oniston milliy elektr kompaniyasi O`zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi texnik nosozliklar tufayli uzilganini ma`lum qildi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektr ta`minoti 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da to`xtatilgan. Qayd etilishicha, O`zbekiston texnik nosozliklar tufayli etkazib berishni to`xtatgan.
Natijada Afg`oniston Tojikistondan sotib olgan elektr energiyasini taqsimlashga qilishga majbur bo`ldi. Elektr energiyasi asosan yirik shaharlar va ijtimoiy ob`ektlarga yo`naltiriladi.
Ta`kidlanishicha, Afg`onistonda elektr energiyasi birinchi navbatda shifoxonalar va muhim xavfsizlik idoralariga, shundan so`ng aholi turar joylariga taqsimlanadi. Afg`oniston ko`proq qo`shni davlatlar, jumladan, O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan import qilinadigan elektr energiyasiga tayanadi.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi Kobul hamda Parvon, Kapisa, Panjsher, Nangarhor, Lag`mon, Logar, Paktiy, Xost, Maydon Vardak, G`azni va Bag`lon viloyatini elektr bilan ta`minlaydi.
Ayni paytda, anomal sovuq havo tufayli O`zbekistonning o`zida ham energetika inqirozi kuzatilmoqda. Hatto Toshkentning bir qancha joylarida ham deyarli bir kun davomida elektr energiyasi yo`q bo`ldi.