AsosiySport

Rossiya klubi o`zbekistonlik Rustam Ashurmatov transferini e`lon qildi

'Rossiya klubi o`zbekistonlik Rustam Ashurmatov transferini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi etakchilaridan biri Rustam Ashurmatov yana legionerga aylandi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Rossiyaning “Rubin” jamoasi uni o`z tarkibiga qo`shib olganini rasman ma`lum qildi. Avvalroq yana bir vakilimiz Umarali Rahmonaliev ham aynan shu klub bilan shartnoma imzolagandi.

“Jamoamiz tarkibi o`zbekistonlik 26 yoshli himoyachi Rustam Ashurmatov bilan to`ldirildi. U 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi va 5-raqam ostida harakat qiladi. Xush kelibsan, Rustam!”— deya yozib qoldirdi qozonliklar matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar