Xitoy Milliy sog`liqni saqlash komissiyasining tibbiy vakili Jiao Yaxui dekabr oyi boshida mamlakat o`zining “nol COVID” siyosatidan to`satdan voz kechganidan beri Xitoyda koronavirusdan 60 mingga yaqin odam vafot etdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 8 dekabrdan 12 yanvargacha Xitoyda saraton va yurak-qon tomir kasalliklari bor bo`lgan 59 938 nafar odam COVID-19 yuqtirib vafot etgan.
Ilgari Xitoy faqat nafas etishmovchiligidan vafot etgan bemorlarni ham COVID-19 dan vafot etganlar ro`yxatiga kiritgan.
Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi veb-saytida e`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, kasalxonalar va krematoriyalarni qamrab olganiga qaramay, Xitoyda 8 dekabrdan keyingi bir oy ichida mahalliy COVID-19 holatlaridan 37 ta o`lim qayd etilgan.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2022 yil dekabr oyi boshidan 2023 yil 12 yanvargacha bo`lgan davrni o`z ichiga olgan ushbu ma`lumotni tahlil qilayotganini va bu epidemiologik vaziyatni hamda Xitoydagi ushbu to`lqinning ta`sirini yaxshiroq tushunishga imkon berishini aytdi.
Qayd etilishicha, COVID-19 bemorlarini qabul qilish cho`qqisi 2023 yil 5 yanvarda sodir bo`lgan. O`sha paytda 1,63 million odam kasalxonaga yotqizilgan va 12 yanvar holatiga ko`ra 1,27 million bemor kasalxonada bo`lgan.






