Qirg`iziston sobiq prezidenti Qurmanbek Bakievning rafiqasi Nazgul Tolomusheva Belarusda vafot etdi. Bu haqda "kg.akipress" xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, dafn marosimi Jalolobod viloyatining To`g`uz-To`roz tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Nazgul Tolomusheva Bakievning norasmiy rafiqasi hisoblangan, ularning ikki farzandi bor. Qirg`iziston matbuotiga bergan intervyusida u Bakiev bilan 1995 yildan, ya`ni u To`g`uz-Torouz viloyati hokimi bo`lib ishlagan paytdan beri birga yashaganini tan oldi. Shu bilan birga, Qurmanbek Bakiev prezidentligi davrida Tatyana Bakieva bilan rasman turmush qurgan edi.
2010 yil aprel voqealaridan keyin Qurmanbek Bakiev Qirg`izistonni tark etib, Belarusda qo`nim topgan. Bu mamlakat ommaviy axborot vositalari u Minskda Nazgul Tolomusheva bilan birga yashayotgani haqida bir necha bor yozgan. 2016-2017 yillarda u Belarus prezidenti ma`muriyatiga qarashli Minsk mehmonxonasi direktori lavozimida ishlagan.






