"Tik Tok" ilovasiga qozoq tili qo`shildi, deb xabar bermoqda "KazInformation" muxbiri.
Qayd etilishicha, o`tgan yilning oktyabr oyida Astana Media Week media-forumi tashkil etilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etgan Sharqiy Evropadagi "TikTok Global Business Solutions" direktori va "TikTok"ning Qozog`iston bo`yicha rahbari Anastasiya Panina ilova qozoq tiliga tarjima qilinishini tasdiqlagan.
Ayni paytda ilovasida interfeys tilini istalgan vaqtda o`zgartirishingiz mumkin. Buning uchun dasturning pastki o`ng qismidagi "rasm" ni bosing. Keyin shaxsiy ma`lumotlaringiz saqlanadigan sahifa ochiladi. Sozlamalarga o`tish uchun ushbu sahifaning yuqori o`ng burchagidagi uchta chiziq bilan ifodalangan belgini bosishingiz kerak. Keyin "sozlamalar va maxfiylik" bo`limiga o`ting va u erdan "til" havolasiga kirasiz. Bu erda hozir qozoq tilini tanlash imkoniyati ham paydo bo`lgan.






