1

Ahmadaliev-Tapales uchrashuvi qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

Sport 21.01.2023, 17:42
Ahmadaliev-Tapales uchrashuvi qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi, o`zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev IBF yo`nalishida majburiy da`vogar filippinlik bokschi Marlon Tapalesga qarshi qachon jang o`tkazishi ma`lum bo`ldi. 

Ahmadaliev-Tapales to`qnashuvi 8 aprel kuni AQShning Texas shtati, San Antonio shahrida bo`lib o`tadi. Kelayotgan haftada jang rasman e`lon qilinishi kutilmoqda.

Ma`lumot o`rnida:

  • 28 yoshli Murodjon Ahmadaliev professional boksda umumiy 10 ta jang o`tkazib, to`qnashuvlarning barchasida g`alaba qozongan.
  • 30 yoshli Tapales esa profboksda 37 marta ringga ko`tarilib, 34 ta g`alaba qayd etgan va 3 ta jangda mag`lubiyat alamini tatib ko`rgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1