Futbol tarixida ilk marta oq kartochkadan foydalanildi

Sport 23.01.2023, 19:03
Futbol tarixida ilk marta oq kartochkadan foydalanildi

Portugaliyada ayollar o`rtasidagi chempionatda tarixda birinchi marta oq kartochkadan foydalanildi. Mazkur holat “Benfika” va “Sporting” o`rtasidagi uchrashuvda sodir bo`ldi.

Hozirgi vaqtda Portugaliyadagi futbol o`yinlarida oq kartochka ko`rsatish sinovdan o`tkazilmoqda. 

Oq kartochka – bu jazo emas, balki minnatdorlik belgisi hisoblanadi. Kartochka halol o`yin va olqishga sazovor vaziyat qahramonlariga ko`rsatiladi. Portugaliyadagi o`yinda muxlislardan biriga yordam ko`rsatgan medisina xodimiga oq kartochka ko`rsatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1