Vazirlik va idoralardagi majburiy bo`linmalar tarkibi belgilandi

Siyosat 25.01.2023, 12:13
Vazirlik va idoralardagi majburiy bo`linmalar tarkibi belgilandi

Prezident Farmoni bilan vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari va hududiy bo`linmalarining tuzilmalarini shakllantirish bo`yicha yagona talablar tasdiqlanmoqda. Endilikda:

Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida:

a)tarkibiy bo`linmalar faqat 4ta shakldan iborat bo`ladi (departament 20+; boshqarma7-19; bo`lim 2-6; mutaxassislar1). Bunda, vazirliklar huzuridagi qo`mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda departament shaklida tarkibiy tuzilma tashkil qilinmaydi.

Amalda: 10tadan ziyod shakllari mavjud (departament, bosh boshqarma, boshqarma, bo`lim, sho``ba, xizmat, byuro, guruh va boshqalar);

b) rahbar xodimlar (rahbar, uning o`rinbosarlari va maslahatchilari, yordamchisi, departament, boshqarma, bo`lim boshliqlari va o`rinbosarlari) va ijrochilar (mutaxassislar) nisbati markaziy apparatbo`yicha kamida 1/3nisbatda(33/67 foiz) bo`ladi.

Amalda: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 44/56 foizni yoki Energetika vazirligida41/59 foizni tashkil qilmoqda;

v) vazirlarga ularning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo`naltirish, kunlik ishlar bo`yicha ish yuklamasini kamaytirish maqsadida ularfaoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil jihatdan ta`minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilishga huquq berilmoqda;

g)strategik rejalashtirish, axborot xizmati, kadrlar, axborot tahlil, ijro nazorati, murojaatlar, AKT, yuridik ta`minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliya-iqtisod, xalqaro aloqalar, birinchi bo`lim tarkibiy bo`linmalari tashkil etilishi majburiy etib belgilanmoqda.

Bunda,strategik rejalashtirish, axborot xizmati, korrupsiyaga qarshi kurashish va xalqaro aloqalarbo`linmalari faqatgina vazirlik va mustaqil maqomga ega bo`lgan idoradatashkilqilinib, ushbu yo`nalishlarda ular YaGONA SIYoSATNIamalga oshiradi;

4.2) vazirlik va idoralarning hududiy bo`linmalarida:

a) tarkibiy bo`linmalar faqat 3ta shakldan iborat bo`ladi (bo`lim 5+; sho``ba2-4; mutaxassislar 1);

b)rahbar xodimlar (boshqarma, bo`lim hamda sho``ba boshliqlari va o`rinbosarlari) va ijrochilar nisbati bo`linma bo`yicha kamida
1/3 nisbatda(33/67 foiz)bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1