Vazirlik va idoralarda shtatlar qisqartirilayotgani bo`yicha kadrlar bilan ishlash bo`linmalari rahbarlari bilan muloqot qilindi

Siyosat 28.01.2023, 10:33
Vazirlik va idoralarda shtatlar qisqartirilayotgani bo`yicha kadrlar bilan ishlash bo`linmalari rahbarlari bilan  muloqot qilindi

Avval xabar qilganimizdek, ma`muriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo`lga qo`yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni imzolandi.

Farmonga ko`ra, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo`mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi o`rinlarda – vazirlik va idoralar) hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo`linmalarining Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamg`armalari mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni tasdiqlandi. Vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg`armalari mablag`lari hisobidan qo`shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat`iyan taqiqlandi.

Vazirlik va idoralar tizimida qisqartirilayotgan 17 447 ta shtat birliklari masalasi, xodimlarni ish bilan ta`minlash, bu yo`nalishdagi tashkiliy chora-tadbirlarni to`g`ri va qonunchilikka muvofiq amalga oshirish dolzarb hisoblanadi. Aynan shu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Adliya vazirligi mas`ullari vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash bo`linmalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Muloqotda PF-14-sonli Farmoniga muvofiq shtatlar jadvalini tuzish, xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat munosabatlarini davom ettirish va bekor qilishni rasmiylashtirishda e`tibor qaratilishi muhim bo`lgan masalalar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi.

Asosiysi, qayta tashkil etilayotgan va bo`ysinuvi o`zgarayotgan organlardagi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini Mehnat kodeksida ko`rsatilgan tartibda davom etishiga urg`u berildi hamda shtati bo`yicha esa avval ularni malakasi va mutaxassisligi to`g`ri keladigan bo`sh ish o`rinlariga joylashtirish choralarini ko`rish, umuman imkonsiz hollardagina bo`shatish mumkinligi haqida yo`l-yo`riqlar berildi.

Bu jarayonda asosiy mas`uliyat yuklatilgan kadrlar bilan ishlash bo`linmalari mas`ullari ham mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish bilan bog`liq savollariga javob olishdi.

Ishtirokchilar muloqot ayni vaqtida tashkil etilgani, Farmon ijrosini ta`minlashda faqat va faqat amaldagi  qonunchilikka muvofiq ish ko`rilishi haqida tushuntirishlar berilganini ma`lum qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1