AsosiySport

Abdusattorov ikkinchi, Sindorov uchinchi o`rin: Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunlandi

'Abdusattorov ikkinchi, Sindorov uchinchi o`rin: Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunlandi'ning rasmi

Niderlandiyada tashkil etilgan “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri yakunlandi. Hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindorovlar sovrindorlar safidan joy oldi.

Nodirbek Abdusattorov so‘nggi turda mezbon Van Forestga qarshi dona surib, mag‘lubiyatga uchradi va 2-o‘rinni egalladi. Ushbu guruhda niderlandiyalik Anish Giri oxirgi turda Giri ruminiyalik Richard Rapport ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

“Challenger” guruhida o‘zbekistonlik Javohir Sindorov so‘nggi turda mezbon Tomas Berdsenga qarshi oq donalarda kurashdi. Yakunda g‘alaba qayd etib, musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sindorov umumiy 13 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘ardi. Turnir davomida Sindorov faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchradi.

“Challenger” guruhida 1-o‘rin germaniyalik Aleksandr Donchenkoga nasib etdi. 2-pog‘onani turkiyalik Mustafa Yilmaz egalladi.

    Boshqa yangiliklar