Qizlarga tahdid qilgan Toshkentdagi masjid imom-xatibi qamaldi

Jamiyat 30.01.2023, 20:48
Qizlarga tahdid qilgan Toshkentdagi masjid imom-xatibi qamaldi

Avvalroq, Toshkent tumanidagi “Eshonxo`ja ota” masjidi imom-xatibi yosh qizlarni o`ldirish bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so`ng O`zbekiston musulmonlar ijorasi Ichki nazorat komissiyasi imom-xatib Avazxo`ja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to`g`risida xulosa chiqardi.

Bugun jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo`yicha  Avazxo`ja Bahromov (1977 yilda Toshket viloyatida tug`ilgan, muqaddam Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan) ga nisbatan yuritilgan ma`muriy ish ko`rib chiqildi. 

Sud majlisida aniqlanishicha, huquqbuzar 2023 yil 27 yanvar kuni soat taxminan 9:30 larda Shayxontohur tumani hududida joylashgan o`quv markazi binosida bo`la turib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzib, fuqaro M. A. ni so`kib, mayda bezorilik sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudining 2023 yil 30 yanvardagi qarori bilan A. B. ga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 3 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Arizachi va huquqbuzarga sud majlisida mazkur ma`muriy ishga aloqador bo`lmagan huquqbuzarliklar yuzasidan keltirilgan vajlar bo`yicha tegishli tartibda huquqni muhofaza etuvchi idoralarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi ma`lum qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1