1

Nozik munosabatlar chigallashaversa...

SUG'DIYONA 22.09.2016, 17:52
Teglar: Muhabbat, Ayol, Erkak, Er-xotin
Nozik munosabatlar chigallashaversa...

Yoxud hamma gap temperamentdami?
Oila erkak va ayolning o`zaro hurmati, ishonchi va hamjihatligi asosida qurilishi rost. Muhabbat, tuyg`ular ham bo`lishi kerak, albatta. Yana jinsiy hayot sifati ham muhim. Labingizni burib, qovog`ingizni uchirishdan avval to`xtang! Axir siz emasmi, jinsiy munosabatlarda erining sovuqqonligiyu qo`polligidan shikoyat qilgan? Yoki kunda-kunora yaqinlikni istayotgan juftingizdan charchaganingizni aytib noliyotgan? Xo`sh, muammo sizdami yoki unda? «Hamma gap temperamentda!» deysizmi?! Aslida uning nimaligini bilasizmi? O`zingizning temperamentingizdan-chi, xabaringiz bormi? Keling, barcha shubha-gumonlarga bugun nuqta qo`yib, munosabatlardagi inqirozni tahlil qilamiz. Ehtimol shunda bir-biringizning «til»ingizni tushunarsiz...

Mutaxassis — seksapotolog Dilmurod ERGAShEV.

ERKAK «+» AYoL «-»
Jinsiy yaqinlikda istaklarning bo`linishi haqida so`z ochdikmi, demak, muammoni ham ro`yi-rost gapirishimiz lozim. «Erim kunora yaqinlikni istaydi. Menda esa buning aksi. Biz ikki xilmiz!» Yo`q! Siz ikki xil emassiz, balki bir-biringizni tushunishni, tinglashni istamaysiz, xolos. Temperamentni ham tinch qo`ying. 

Tabiatan temperamenti yuqori bo`lgan erkaklar bor. Ularning jinsiy yaqinlikka bo`lgan ehtiyoji bir kunda 3-4 martadan har kunlikkacha bo`lishi mumkin. Ba`zilarda munosabatga kirishish istagi haftada 1-2 marta sodir bo`ladi. Bu ham normal holat. Ya`ni erkakning temperamenti shunga mos. Ushbu holatdan muammo yasash, kamiga uni oilani inqirozga etaklovchi  omil darajasiga olib kelish noto`g`ri. 

«AVVAL BOShQAChA EDI...»
«To`ydan keyingi oylar erim boshqacha edi. Hozir esa butunlay o`zgarib qolgan...» «Asal oyi»da erkak va ayolning bir-biriga etishish istagi yuqori bo`lib, erkakda jinsiy qo`zg`alish ham kuchli bo`ladi. Vaqt o`tgani sayin har ikkisida ham yaqinlik istagi avvalgiga nisbatan kamayib, nozik munosabatlar shartli jarayon maromiga tushadi. Keyinchalik jinsiy hayot ana shu maromda davom etishi mumkin. Xo`sh, muammo nimada? 

To`ydan so`ng erkakdagi kuchli xohishni ayol to`liq tushunmaydi. Chunki bu vaqtda uning o`zida jinsiy qo`zg`alish deyarli bo`lmaydi. Bu holat jinsiy hayot boshlanganidan so`ng ikki-uch oy o`tib, ba`zilarda esa tug`ruqdan keyin kuzatilishi mumkin. Erkakdagi yaqinlik istagi bilan ayolniki bir vaqtda yuzaga kelmay, ma`lum muddatdan so`ng to`qnashishi esa har ikkisida turli fikrlarga sabab bo`ladi. Bor gap shu. 

«UNING MENDA KO`NGLI YO`Q!»
Bu fikr nafaqat ayollar, balki erkaklarning ham xayolini o`g`irlaydi. Ishoning, rost so`zim. Qachon deysizmi? Jinsiy ehtiyoji qondirilmagach, ya`ni temperamenti «quyilmaganida» «Xotinimning menda ko`ngli yo`q», deb o`ylab qoladi. Ayol ham o`z navbatida shunday fikrga boradi, qachonki o`zi kutgan javobni ololmasa. Demak, qars ikki qo`ldan chiqishi ayni shu holatning izohidir. Jinsiy talabning qondirilmaganligi gumonlarning o`rmalashiga olib kelaveradi. 

«BARIBIR HAR XILMIZ...»
Jinsiy yaqinlikdan so`ng aksariyat erkaklarning xatti-harakati o`zgarishi mumkin. Yaqinlikka kirishgunga qadar bo`lgan muloyimlik o`rnini e`tiborsizlikning egallashi, tabiiyki, ayolga yoqmaydi. U o`zini tahqirlangandek sezadi. Ammo juftingizdagi kayfiyat o`zgaruvchanligini shu holicha qoldirib, asabiylashish ham to`g`ri emas. Muomalasi yoqmayaptimi, ayting, bildiring, ko`rsating! Nega istihola qilasiz? O`z o`rnida o`zingiz ham e`tiborliroq bo`ling. Shunda munosabatlar garmoniyasiga erishish mumkin. 

GARMONIYa: KIMNING QO`LIDA?
Yuqorida er-xotin o`rtasidagi garmoniya haqida ko`p gapirdik. Garmoniya nima va u qanday yuzaga keladi, degan savol o`ylantirishi tabiiy. Munosabatlarda garmoniyaga erishish uchun er va xotin bir-birini sevishi, talpinishi va tushunishi lozim. Erkak faqat o`z xohishlarini ustun qo`yib, juftini unutib qo`yishi ham noto`g`ri. Ayol ham hissiyotlariga erk berib, turmush o`rtog`ining ko`nglini qoldirishga haqli emas. 

Qachonki, ERKAK ayolning e`tiborini qozonish uchun unga xushomad qilsa, yaqinlikka asta tayyorlasa, jinsiy maylni hosil qilib, so`ng munosabatlarga kirishsa; AYoL juftining ra`yini qaytarmay, xohishlarini tushunishga, uni tinglashga va unga ko`nikishga harakat qilsa, o`zaro garmoniyaga erishish mumkin. Ana shunday munosabatlar oila mustahkamligini ta`minlaydi.

SOLIShTIRMANG!
Hamma odam har xil. Hech kim bir-birini takrorlamaydi, hech kim bir-biriga o`xshamaydi. «Dugonamning eri juda e`tiborli. Ko`ngliga qaraydi. Nega mening erim shunday emas?» Turmush o`rtog`ingizni hali unisi, hali bunisi bilan solishtirib, javobi yo`q savollaringiz ko`paysa ko`payadiki, tugamaydi. Xo`sh, sizga bundan nima naf?
 
RUHIYaTINI O`RGANING!
Erkaklar psixologiyasiga ko`ra, ularni avval jinsiy xohish, so`ng tuyg`ular (platonik sevgi) qiziqtiradi. Ayollarda esa buning aksi. Avvaliga his-tuyg`ular, keyin esa jinsiy hayotga intilish paydo bo`ladi. Bir-birining oddiy fiziologiyasi, ruhiyatini tushunmaslik esa yuqorida tilga olingan muammolarni keltirib chiqaradi. Demak, juftingizning ruhiyatini o`rganing. 

AKTRISA BO`LING!
Erkak uchun nozik munosabatlar birinchi o`rinda tursa, siz uchun xushomadlar muhim, shundaymi? Ammo istaganingizni shunchaki ololmaysiz. Ayyorroq bo`ling! «Aktrisalikni eplolmayman», demang. Har bir ayol tug`ma aktrisa. Faqat ayrimlar iqtidorlaridan keraklicha foydalana olishmaydi. «Boshim og`riyapti», «Menga yoqmayapti», «Xohlamayapman» kabi bahonali qartalarni ochib tashlashdan avval, salgina ehtiyotingizni qiling. Quvlik bilan shunday tushuntiringki, six ham, kuymasin kabob ham. 

MAQTASANGIZ MAQTABSIZ-DA....
Rostdan ham sizdan nima ketdi?! Erkak qanchalik alp kelbatli bo`lmasin, birgina shirin so`zingizning gadosi bo`lishini unutmang. Hadeb «Uning temperamenti, mening temperamentim» deyavermay, «Sizdan yaxshisi yo`q» deng-da, eplasangiz o`sha temperamentini joyiga keltirib qo`ying. 

ERKAKLARGA HAM IKKI OG`IZ...
Siz ayolingizning ko`zgusisiz! U muomalangiz, e`tiboringizning aksidir. Avvalo tilingizga ehtiyot bo`ling! Ilgari qanday munosabatda bo`lgan bo`lsangiz, hozir ham shu holatni saqlab qoling. Biror ishidan ko`nglingiz to`lmayaptimi, yo`lga soling. Yaxshi gap, chiroyli muomala bilan. Jinsiy hayotingiz rang-barang bo`lishini istaysizmi, uni ham o`rgating. Juftingiz – oqila, u sizni, albatta,  tushunadi, o`rganadi, ko`nikadi. 

MARJONA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1